Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Inspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasida bo‘sh ish o‘rinlari yashirilmoqda” mazmundagi xabarlar yuzasidan “O‘zagroinspeksiya” Navoiy viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati. https://t.me/komporuz/23442
“O‘zagroinspeksiya”ning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilda bir nechta vakant lavozimlar uchun belgilangan tartibda tanlovlar e’lon qilingan bo‘lib, ushbu tanlovlarda 256 nafar nomzodlar ishtirok etgan va o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib deb topilgan nomzodlar tegishli lavozimlarga tayinlangan.
Bugungi kunda boshqarmada mavjud 2 ta vakant lavozimlar uchun tanlovlar e’lon qilingan bo‘lib, nomzodlar ushbu lavozimlar uchun qo‘yilgan malaka talablari bilan tanishgan holda tanlovlarda ishtirok etishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.